
Bobo-Usmon chorak finalda iordaniyalik bokschini sinovdan o‘tkazadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina musobaqaning -69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bobo-Usmon Baturov hamda AQShlik Delante Jonson o‘rtasidagi jang o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu jangda vakilimiz g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi Bobo-Usmon chorak finalda iordaniyalik Eshesh Ziyodga qarshi ringga ko‘tariladi. Aytish kerakki, vakilmiz musobaqaning 3-raqamli bokschisi sifatida qayd etilgan, Ziyod esa 9-raqamda qayd etilgan. Ular o‘rtasidagi jang ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar