
Bobir Davlatov: Agar O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoasi o‘ynasa, kim yutishini ayta olmayman (Intervyu)
2015-2016 yillarda Qozonning “Rubin” klubi tarbiyalanuvchisi Bobir Davlatov Qozog‘iston Premer-Ligi ligasida faoliyat olib bordi. “Jetisu” va “Aktobe” safida jamoa sharafini himoya qildi va mahalliy muxlislar uni yaxshi eslab qolishdi.
Sports.kz muxbiri hamyurtimiz Bobir Davlatov bilan intervyu tashkil qildi. Quyida ushbu intervyu bilan tanishishingiz mumkin:
O‘tgan yil qishda Viktor Kumikov boshchiligidagi “Olmaliq”qa o‘tgandingiz. Nima uchun u erda qola olmadingiz?
- Ha, Viktor Kumikov jamoasida shug‘ullandim. Ammo u bilan agar xorijdan biror bir jamoa taklif bilan chiqsa klubni tark etishimni kelishib olganman. Shuning uchun yangi yil arafasida “Nefteximik”dan tushgan taklifni qabul qildim. Men o‘sha jamoaga borib qo‘shildim.
2017 yilni “Nefteximik”da boshladingiz. Hozirda esa “Lokomotiv”dasiz. Nima uchun o‘z vataningizga qaytishga qaror qildingiz? Har ikki jamoada ham o‘yin amaliyotisiz qolganingizni inobatga olsak, mavsum qanday o‘tdi?
- Bilasiz, 2017 yil men uchun muvaffaqiyatsiz o‘tdi. “Nefteximik”ka ko‘chib o‘tdim. Sog‘ligimda ozgina muammo borligi uchun u erda 5 o‘yinda maydonga tushdim. Tiklanishga ulgira olmadim. Jarohatimdan forig‘ bo‘lgach, xorijda faoliyat olib borishni istamadim va uyga qaytishga qaror qildim. Shuning uchun “Lokomotiv” safiga borib qo‘shildim. Chet eldan variant ham qaramadim. Uyga borishni xohladim.
“Nefteximik”da o‘zgina to‘p tepganimni tushuntirib berdim. Ammo “Lokomotiv”da esa nima uchun asosiy tarkibda o‘ynay olmaganimni bilmayman. Mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan shug‘ullandim. Ammo murabbiyni asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lishimga ishontira olmadim.
Qozog‘iston klublaridan qiziqishlar bormi? “Lokomotiv” bilan tuzgan shartnomangiz qanchongacha mo‘ljallangan?
- Hozircha, aniq hech narsa yo‘q. “Lokomotiv” bilan shartnomam 15 dekabrda yakuniga etdi. 24 dekabrda jamoa yig‘iladi va menga yangi bitim taklif qilishmoqchi edi.
Yaqin kelajakda professional darajadagi rejalaringiz qanday?
- To‘g‘risini aytganda, hozir bir narsa deyish mushkul. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchiman. Chunki 2017 yilda kam maydonga tushdim.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatini taqqoslay olasizmi? Bu ikki terma jamoaning o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishning iloji bormi? Kimda g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq?
- Agar O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqoslasam, bizda ko‘proq mahalliy futbolchilar to‘p tepishadi. Qozog‘istonda esa sistema 6+5 ligi uchun legionerlar ko‘p. Farqi shunda. Bilmadim... Fikrimcha, daraja bir xil. To‘g‘risini aytsam, ikkala terma jamoa uchrashuvida kim zafar quchishini taxmin qila olmayman.
Fikrlar