
Bobir Abdixoliqov "Al-Ayn"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Al Ayn” — “Nasaf” javob uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "ajdarlar" futbolchisi Bobir Abdixoliqov ishtirok etdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
"Ertangi javob uchrashuvidan oldin biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga g‘alaba uchun bor kuchimizni beramiz, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman. Biz ertangi o‘yinga yuz foiz tayyormiz".
Fikrlar