Bizga 3 ochko keltirgan qahramonimiz e’tirof etildi

  • 21 noyabr, 2024, 09:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi uchinchi bosqichining 6-turidan doirasidagi KXDR - O‘zbekiston bahsi yakuniga etdi.

Tecno

Laosda bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda hamyurtlarimiz minimal 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bellashuvdagi yagona golga Abbosbek Fayzullaev 44-daqiqada mualliflik qildi. 83-daqiqada Umar Eshmurodov qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va darvozamiz tomon penalti belgilandi.  Posbonimiz O‘tkir Yusupov esa mazkur 11 metrlik zarbada ajoyib seyv amalga oshirdi.

So‘nggi daqiqalarda Yusupov tomonidan qilingan qahramonlik e’tirof etilib, darvozabonimiz "SofaScore" talqiniga ko‘ra, "JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasi 3-bosqichining 6-tur ramziy jamoasidan joy oldi. 

U KXDRga qarshi o‘yinda 7.7 ballga loyiq ko‘rilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!