Bishkekdagi xalqaro turnirni 7 ta medal bilan yakunladik
- 20-апрел, 11:52
- Javohir Malikov
- 0
- Yakkakurashlar
Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida sambo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Qirgʻiz Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi M.P.Mixaylov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqada ishtirok etgan oʻzbekistonlik yosh sambochilar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Musobaqada sovrindor boʻlgan sambochilarimiz roʻyxati bilan tanishing:
Oltin:
-42 kg: Artyom Bezrukov
-46 kg: Stepan Zyablov
+46 kg: Fayziddin Lutfiddinov
Kumush:
-38 kg: Avazbek Avazbekov
+50 kg: Shohsuvor Rasulov
Bronza:
-50 kg: Akmal Azimov
+50 kg: Firdavsiy Lutfiddinov
Murabbiy: Roman Shakirov.
Bu haqida Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q