Bir hafta ichida Neymarning transferi e’lon qilinadi

  • 23 yanvar, 22:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Santos” klubi yanvar oyining oxirgacha 32 yoshli hujumchi Neymarning transferini e’lon qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Ayni paytda braziliyalik yulduz Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosi himoblanali.

Ge.Globo nashrining ma’lum qilishicha, “Santos” rahbariyati klubni ekipirovka bilan ta’minlaydigan tashkilotga Neymarning nomi tushurilgan futbolkalarni ko‘proq ishlab chiqarishga buyurtma bergan.

“Santos” mutasaddilari Neymarning klubga kelishi munosabati klubga yangi homiylarni jalb qilishga urinmoqda.

Neymarni tarbiyalagan klub unga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tayyorlab qo‘ygan. Hamkorlik ramiylashtirish uchun Neymar hozirgi jamoasi bilan amaldagi bitimni bekor qilishi talab etiladi.

Saudiyaliklar ham bir yarim yil davomida atigi ettita uchrashuvda qatnashgan o‘yinchi bilan xayrlashishga rozi. Buning uchun Neymar yarim yil qolgan shartnomasi bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan 65 million dollar miqdoridagi maoshidan voz kechishi kerak.

Neymar “Santos”da o‘ynagan davrlarda jami 225 ta uchrashuvda qatnashib, 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
uz fifa.uz
24/01/2025 07:37
xurmatli adminlar maktabda alo darajada uqibsizlar raxmat uzbek tilida shunaqa soz bormi ximoblanali