
Bilasizmi? Emeri hamon "Arsenal"dan maosh olmoqda
"Arsenal" klubi haligacha jamoaning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri bilan moliyaviy hisob-kitoblarni yakunlamagani ma’lum bo‘ldi.
Get Football News France nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis jamoadan ketgan bo‘lsada, "kanonirlar" imzolangan shartnomaga ko‘ra uning maoshini to‘lab borishda davom etishadi. Bundan tashqari, Emeri haligacha o‘ziga yangi jamoa topmagani uchun "Arsenal" unga tovon puli to‘laydi. Umumiy hisobda londonliklar bu mavsum Emeriga 7,5 mln evro atrofida mablag‘ to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, Emeri "Arsenal"ni 2018-2019 yillarda boshqardi.
Fikrlar