
Beylning raqamini olib qo‘yishdi. Endi uning egasi boshqa (foto)
Garet Beylning “Real”dan ketishi aniq bo‘ldi. Jamoa rahbariyati uelslik futbolchiga tegishli bo‘lgan 11-raqamni olib, Marko Asensioga berdi. Bu raqam Asensioga tegishli ekani La Liga tashkilotchilariga ham ma’lum qilindi.
Garetning o‘zi ham jamoadoshlariga Angliyaga ketayotganini aytgan. U sobiq jamoasi “Tottenxem”da ijara asosida to‘p suradi. Beylni bir yil o‘ynatish uchun Joze Mourino jamoasi qariyb 10 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
“Real”dagi o‘rnini yo‘qotgan Garet Beyl yana bir oy davomida yangi jamoasiga ham yordam berolmaydi. Angliya premer-ligasi o‘yinchilariga kirishishdan avval, 31 yoshli hujumkor futbolchi jarohatini davolatishi kerak bo‘lmoqda.
Fikrlar