Beylning borar joyi aniq bo‘ldi

  • 19 avgust, 2020, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan bilan kelisha olmay qolgan Garet Beyl baribir “Real”ni tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Tecno

Unga Evropa klublaridan ayrim takliflar bo‘layotganiga qaramay, u “ko‘hna qit’a”da qolmoqchi emas.

- Menga MLS yoqadi. Bu zo‘r futbolchilar, ajoyib stadionlar va mahobatli sport inshootlariga ega rivojlanib borayotgan ligadir. Ko‘pchilik AQShda o‘ynashni istamoqda. Bu meni ham qiziqtiryapti. Ta’tilda Los-Anjelesga borib golf o‘ynashni yaxshi ko‘raman, - dedi Beyl.

Yakunlangan mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida atigi 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga bir juft gol kiritdi. Chempionlar ligasida esa “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!