
Beyl boshchiligidagi Uels Meksikani taslim qildi (video)
Bugun Uels poytaxti Kardiff shahrida Uels hamda Meksika terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Kardiff Siti” stadionida kechgan bellashuv taqdirini 11-daqiqada mezbonlar a’zosi Kiffer Mur tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa Uels 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar