
Beyl 2013 yildan buyon "Tottenxem" safida ilk bor maydonga tushdi
Bugun “Tottenxem” APLning 5-turida hamshahari “Vest Xem”ni qabul qildi va qandaydir daqiqalar ichida 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida “Real”dan “shporlar” safiga qaytgan Garet Beyl zaxiradan Steven Bergveyn o‘rniga maydonga tushirildi. Bu uelslik futbolchining “Tottenxem”ga qaytgandan keyingi ilk uchrashuvi bo‘ldi.
Garet Beyl 2007-2013 yillarda “Tottenxem” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar