Benzema va Vinisius "Xetafe"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 11 may, 2023, 16:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchilari Karim Benzema va Vinisius Junior Ispaniya chempionatining navbatdagi tur “Xetafe”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Tecno

"Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasining javob yarim finali oldidan hujumning asosiy o‘yinchilariga dam berishga qaror qilgan.

"Xetafe" bilan duelda "Real" Madridning chuqur zaxiradagi futbolchilarni o‘ynashi kutilmoqda. Gap Eden Azar, Mariano Dias, Alvaro Odriosola, Lukas Vaskes kabilar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" yaqinda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib ketdi. "Atletiko" Madrid Karlo Anchelotti jamoasidan bir ochko oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!