Benzema “Real”dagi kelajagidan shubhada

  • 23 fevral, 2023, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Karim Benzema bu jamoadagi kelajagi mavhum ekanini yaxshi biladi.

Tecno

Frantsiyalik hujumchining amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Avvalroq, tomonlar yana bir yillik kelishuvga erishgani haqida xabarlar chiqqan edi. Lekin bu ma’lumotlar tasdig‘ini topmadi.

Yoshi o‘tib qolgan hujumchi jismoniy holatini yuqori darajada ushlab turishga qiynalmoqda. Joriy mavsumda juda ko‘p jarohat oldi. Buning oqibatida Karim 12 ta o‘yinda qatnashmadi. Hatto Frantsiya terma jamoasiga jahon chempionatida ham yordam bera olmadi.

Joriy mavsumda Benzema Ispaniya chempionatida jami 11 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!