
Benzema muhim qarorga keldi
“Real” hujumchisi Karim Benzema mavsumning eng zo‘r futbolchiga beriladigan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan keyin kelajagiga doir muhim qarorlarni qabul qila boshladi.
Ma’lumki, 34 yoshli hujumchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, frantsiyalik to‘purar klub bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Karim 2024 yilning yozigacha “Real” sharafini himoya qiladi. “Qirollik klubi” o‘sha yili yozda Erling Xolandni transfer qilishni rejalashtirgan.
Karim Benzema poytaxt jamoasida 2009 yildan beri to‘p tepmoqda. So‘nggi yillarda tajribali hujumchi o‘zini tarbiyalagan “Lion”ga qaytib, faoliyatini o‘z yurtida yakunlanishi haqida ko‘p xabar tarqatilayotgan edi.
Fikrlar