
Benzema EChLda Anrining rekordini "urdi"
«Real» klubi hujumchisi Karim Benzema EChLda PSJga qarshi o‘yinda rekord qayd etdi. Bu haqda OptaJean nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Benzema parijliklarga qarshi bahsda ushbu turnirdagi 113-o‘yinini o‘tkazdi. Shu tariqa, u EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan frantsiyalik futbolchiga aylandi.
Avvalroq, ushbu natija «Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Terri Anriga tegishli edi.
Fikrlar