
Bellingemni nemis grandi sotib olmoqchi
Dortmundning “Borussiya” klubi “Sanderlend” klubi futbolchisi Job Bellingemni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Bu haqida Sky Sport jurnalistlari Patrik Berger va Florian Plattenberg xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Borussiya”ning asosiy skauti Sebastyan Krug futbolchining oilasi bilan uchrashgan. Transfermarkt portali Jobni 25 million evroga baholamoqda. Uning Chempionship klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Chempionshipda 19 yoshli yarim himoyachi 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar