
"Bayer" "Bavariya" qiziqayotgan futbolchini saqlab qolmoqchi
Leverkuzenning "Baer" klubi himoyachi Jonatan Tani qo‘yib yubormoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"Biz Jonatan Tani jamoada saqlab qolmoqchimiz va uning shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirmoqchimiz. Bu haqda mavsum oxirida gaplashamiz. U ham xuddi shunday fikrda", - deya klub direktori Saymon Rolfes so‘zlarini keltiradi Bild nashri.
Avvalroq, Myunxenning "Bavariya" klubi Jonatan Taga qiziqish bildirayotgani, uning vakillari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar