
Baydarkachi qizlarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Portugaliyaning Montemor-u-Velyu shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
U23 yosh toifasida 1000 metr masofaga kechgan baydarkachilar bahsida Arina Tanatmisheva marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
500 metr masofaga kechgan bahslarda esa Dilnozaxon Rafikova, Zarina Kazakova, Shohsanam Sherzodova va Xonzoda Erkinova to‘rtligi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.
Fikrlar