Baxtiyor Ashurmatov: Gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi

  • 25 noyabr, 2020, 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Afsuski, oxirgi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq gol ura olmayapmiz. Tabiiyiki, gol urmagach, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bugun balki tarkib tanlashda biroz adashdim, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda maydon markazini raqibga berib qo‘ydik. Himoyada ham xatolarga yo‘l qo‘ydik. Gol o‘tkazvorganimizdan so‘ng, yigitlar hisobni tenglashtirish va g‘alaba qozonish uchun astoydil harakat qildilar. Biroq yaratilgan vaziyatlardan gollarni kirita olmaganimiz bizga qimmatga tushdi. Shunday bo‘lsa-da, futbolchilarimiz maydonda borlarini berib o‘ynamoqda. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Agar yigitlar shu tarzda o‘ynasa, chempionatni munosib tarzda yakunlay olamiz.

Bugun achinib ketganim shu bo‘ldiki, mavsum davomida qilgan mehnatlarimiz mag‘lubiyat tufayli kutilgan natijani bermasligi mumkin.

“Lokomotiv”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor” bilan o‘yinda afsuski, Avaz Mamatxo‘jaevni maydonga tushira olmagan edik. Murod Xolmuhammedov qanotda yaxshi harakat qilgandi. Bugun ham Xolmuhammedov maydonda katta hajmdagi ishni bajarib berdi. O‘z maydonimizda to‘p surganimiz sababli bugun hujumkor yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarovni maydonga tushirgandim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!