"Bavariya" yulduzi faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

  • 1 iyul, 2022, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Korentin Tolisso "Lion"ga o‘tadi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterida.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, frantsuz klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yarim himoyachi 1 iyuldan boshlab erkin agentga aylanadi va shuning uchun "Lion" uni tekinga o‘z safiga qo‘shib oladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Tolisso "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlar doirasida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!