“Bavariya” Tomas Tuxel o‘rnini boshqa murabbiyga olib beradigan bo‘ldi

  • 27 noyabr, 2023, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan uzoq hamkorlik qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda El Chiringuito TV jurnalistlari xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, myunxenliklar jamoani “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Xabi Alonsoga topshirmoqchi.

El Chiringuito TV kutilmagan xabarlar tarqatishi bilan mashhur. Aksariyat holatlarda ularning xabari ishonchli chiqadi. Masalan, aynan mana shu manba 2018 yili Krishtianu Ronalduning “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishi haqida birinchi bo‘lib ma’lumot tarqatgan va amalda bu xabar o‘z tasdig‘ini topgan.

Xabi Alonso “Bavariya”ga begona emas. U professional faoliyatini yakunlashdan oldin 2014-2017 yillar davomida myunxenliklar tarkibida to‘p tepgan.

Ispaniyalik mutaxassisga “Real” jamoasi ko‘z tikayotganini ham unutmaslik lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!