
Bavariya Tomas Myullerni taqdirladi.
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller bavariyaliklarning "hizmatlari uchun" unvoni bilan mukofotladi. Ushbu mukofotni o‘lka bosh vaziri Markus Zeder topshirdi.
"Bu men uchun katta sharaf, buni tasavvur ham qilmagandim. Men o‘z vatanimga sodiqman. Hozirgi Myuller 30 yildan keyin ham o‘zgarmasligiga harakat qilaman," - deydi Myuller.
Ushbu unvon 1957 yildan buyon mahalliy fuqarolarning qilgan hizmatlari uchun berib boriladi.
Myullergacha ushbu ordenni futbolchilardan Bastian Shvaynshtayger, Andreas Kepke va Shtefan Royterlar qo‘lga kiritishgan.
Fikrlar