"Bavariya" "Real" himoyachisiga qiziqish bildira boshladi

  • 6 yanvar, 2020, 15:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi “Borussiya” Dortmund safida ijarada to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Xakimiga qiziqib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi vakillari 21 yoshli marokashlik futbolchining o‘yinlarini kuzatishgan va uni jamoaga foyda keltira oladi deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” mavsum yakunlangach Xakimini qaytarib olishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xakimi 2018 yilning yozidan buyon "Borussiya" Dortmund safida ijara asosida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 gol hamda 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!