
"Bavariya" katta transferni hal qilish arafasida
Luis Dias "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Myunxen klubi 28 yoshli hujumchining transferi uchun 75 million evro to‘lashga tayyor va futbolchining o‘zi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Yakuniy muzokaralar klublar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Yakunlangan mavsumda Dias "Liverpul" tarkibida muhim o‘rin egalladi. U barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Kolumbiyalik futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar