"Bavariya" Boatengning narxini e’lon qildi

  • 2 iyun, 2019, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Myunxenning "Bavariya" klubi o‘zining tajribali himoyachisi Jerom Boatengni transferga qo‘ydi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 30 yoshli futbolchini 20 million evroga baholamoqda. Klub prezidenti Uli Xyonessning fikricha Boatengga yangi chaqiriq kerak. Unga esa PSJ, "Yuventus" va "Borussiya" Dortmund klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida myunxendiklar safida jami 286ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning narxi 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!