“Bavariya” Angliya yulduzini olyapti
- 19-апрел, 11:05
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Bundesliganing eng qudratli klubi – “Bavariya” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini Angliya milliy terma jamoasi va “Nyukasl Yunayted” yulduzi Entoni Gordon bilan bilan kuchaytirmoqchi.
Ayni paytda Myunxen superklubi bu transferni amalga oshirish imkoniyatlarini jiddiy o‘rganib chiqyapti.
Nemis futboliga ixtisoslashgan jurnalist va insayder Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli Gordon hozirda “Bavariya” uchun chap qanot vingeri pozitsiyasiga asosiy nomzod hisoblanadi va u kolumbiyalik Luis Diasga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda. Aytilishicha, Gordon bu haqida allaqachon xabardor qilingan.
Futbolchi bilan aniq muzokaralar o‘tkazilgan, biroq klublar hali o‘zaro aloqaga kirishmagan. “Nyukasl Yunayted” rahbariyati bir necha grandlar orasida talash bo‘layotgan o‘z yetakchisini saqlab qolmoqchi.