
“Bavariya” an’anani buzib, 100 millionga o‘yinchi oladigan bo‘ldi
“Bavariya” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga qaror qildi. Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, myunxenliklar “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni transfer qilmoqchi.
Odatda, nemis klublari qimmat narxga o‘yinchi olmaydi. Myunxenliklar Rays uchun bu an’anadan voz kechishga tayyor.
Manbaning ta’kidlashicha, “Bavariya” faxriy prezidenti Uli Xyones Rays transferiga rozilik bergan. Bosh murabbiy Tomas Tuxel bu transfer tashabbuskori. U Angliyada ishlagan davrdan Raysning muxlisiga aylangan.
Deklan Raysga Angliyaning bir necha klublari ham qiziqmoqda. Futbolchining o‘zi anchadan beri sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tmoqchi. Biroq, “Vest Xem” rahbariyati shu paytgacha o‘z etakchisining ketishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Fikrlar