
"Bavariya" 17 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi
“Bavariya” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali 17 yoshli yarim himoyachi Emilian Metuning transferini e’lon qildi.
Avstriyalik futbolchi myunxenliklar safiga “Sankt-Pyolten” jamoasidan yozda ko‘chib o‘tadi. U yangi jamoasi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.
“Bavariya” rasmiy saytida chop etilgan xabarda Metu o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsata olgani alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Emilian Metu bir qator yosh toifalarida Avstriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 75 ming evroga baholanmoqda.
Fikrlar