Basketbol yulduzi UFC bilan shartnoma imzolamoqchi
- 15-феврал, 13:01
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) "Boston Seltiks" jamoasi yulduzi Jeylen Braun faoliyatini yakunlaganidan keyin UFC bilan shartnoma imzolashga harakat qilishini aytdi.
"Rostini aytsam, kar'yeram tugagach, MMA yoki boksgа o‘tishim mumkin. Bir necha kun avval, bu haqida UFC rahbari Dana Uayt bilan gaplashdim. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan!" – dedi Braun matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Boston Seltiks" 54 ta o‘yindan so‘ng NBA ning Sharqiy konferensiya turnir jadvalidа ikkinchi o‘rinni egalab turibdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q