
"Barselona"ning yana bir futbolchisi safdan chiqdi
“Barselona” himoyachisi Serji Roberto mushaklarida og‘riq his qilmoqda. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchining jarohati to‘g‘risida batafsil tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Serji Roberto kecha “Levante”ga (3:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning 2-bo‘limida zaxiradan maydonga tushgan edi, ammo jarohat sabab o‘yin oxirlarida yana zaxiraga olindi.
Kechagi bellashuvda qo‘ldan boy berilgan g‘alabadan so‘ng “Barselona”ning chempionlik uchun imkoniyatlari pasayib ketdi. Ronald Kuman jamoasini mavsum oxirigacha yana 2 ta o‘yin kutmoqda. Bular «Selta» (16 may) va «Eybar» (23 may) klublaridir.
Serji Roberto joriy mavsum “Barselona” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar