"Barselona"ning universal futbolchisini Gvardiola "Siti"ga olib ketmoqchi

  • 3 iyun, 2020, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi “Barselona”ning universal yarim himoyachisi Serji Robertoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, maydon markazining istalgan pozitsiyasida o‘ynay oladigan 28 yoshli ispaniyalik futbolchi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola va klub direktori Chiki Begiristayn bilan yaqindan tanish hisoblanadi.

“Barselona” esa “Siti”dan bu boradagi taklifni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan. Kataloniyaliklar qo‘yayotgan asosiy shartlardan biri bu Serji Roberto futbolchi evaziga almashtirilmaydi, faqat sotiladi.

Begiristayn esa “ko‘k-anor ranglilar”ning javobini kutmoqda. Shundan so‘ng tomonlar muzokaralarni boshlashlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!