
“Barselona”ning transferi o‘xshamadi
“Barselona” rahbariyati qishki transfer oynasining oxirgi kunida “Chelsi” himoyachisi Markos Alonsoni qo‘lga kiritishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu transferning amalga oshishiga londonliklarning yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel xalaqit qilgan. Germaniyalik murabbiy klub rahbariyatiga Markos Alonsoga ishonch bildirishini aytib, uni sotib yubormaslikni so‘ragan.
Avvalgi bosh murabbiy Frenk Lempard ispaniyalik futbolchiga ishonch bildirmayotgan edi. Shu bois, Alonso Angliya premer-ligasida atigi to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan. Shunga qaramay, u bitta gol urishga ham erishgan.
Fikrlar