
"Barselona"ning kerakli futbolchisi 2 oy jamoasiga yordam bera olmaydi
"Barselona" klubining asosiy futbolchilaridan biri Serxi Roberto jarohat olgandi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, himoyachi ikki oyga safdan chiqqan.
28 yoshlik Serxi La Liganing oxirgi turida "Atletiko"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Robertoning o‘ng sonidagi mushaklar lat egan.
Futbolchi Bu mavsum Ispaniya chempionatida 7 uchrashuvda ishtirok etgan va raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan.
Fikrlar