“Barselona”ning asosiy transfer maqsadi ma’lum

  • 5 iyul, 2022, 15:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso "Barselona"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishini istamoqda. U "aristokratlar" rahbariyatidan o‘zini tezroq "Barselona"ga tezroq transfer qilinishini talab qilgan.

Xabar qilinishicha, futbolchi allaqachon “ko‘k-anorranglilar” bilan 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Biroq klublar transfer summasi borasida bir qarorga kelisha olmayapti. "Chelsi" Markos uchun 12-14 million evro atrofida so‘ramoqda. Ispan klubi esa buncha to‘lashga tayyor emas.

2021/22-yilgi mavsumda Alonso “Chelsi”ning barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!