
"Barselona"dan "Sherif"gacha. Yoxud Evropa ligasining pley-off bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
Evropa ligasining pley-off bosqichiga chiqqan barcha klublar nomi ma’lum bo‘ldi. "Spartak", "Lion", "Monako", "Ayntraxt", "Galatasaray", "Tsrvena Zvezda", "Bayer" va "Vest Xem" klublari guruhda birinchi o‘rin bilan, "Reynjers", "Real Sosedad", "Napoli", "Olimpiakos", "Latsio", "Braga", "Betis" va "Dinamo" Zagreb klublari esa ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Yana 8 ta klub - "Zenit", "RB Leyptsig", "Portu", "Borussiya" Dortmund, "Sherif", "Barselona", "Atalanta" va "Sevilya" EChLda guruhda 3-o‘rinni egallagan holda Evropa ligasida kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Evropa ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar