
“Barselona” yulduzi yozda ketadigan bo‘ldi
“Barselona” sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Serxi Roberto yozda Kataloniyani tark etishga qaror qildi.
29 yoshli universal himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. “Barselona” rahbarlari ungi hamkorlikni faqat bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqda. Bu uzoq muddatli bitim kutayotgan Serxini ranjitdi.
Serxi Roberta joriy mavsum yakunlangunicha, klubdan shartnoma bo‘yicha yangi taklif kutadi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, futbolchi o‘z agentlariga yangi jamoa topish haqida topshiriq berishini bildirdi.
Serxi Roberto joriy mavsumda La Ligada 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar