
"Barselona" yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi
"Barselona" "Bayer" futbolchisi Florian Virtsni sotib olmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning bir qator nashrlari xabar berdi. Yarim himoyachining transferi kataloniyaliklar uchun juda qimmatga tushadi. Agarda klub moliyaviy holatinin yaxshilay olsa, uni sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchiga "Barsa"dan tashqari "Real" ham qiziqmoqda. Shu bilan birgalidka, Angliyaning bir qator top jamoalari kurashda mavjud.
"Bayer" Virtsni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Nemislar uni yana bir yil olib qolib, 2024 yilda sotishni rejalashtirgan. Florian ushbu mavsumning katta qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Yarim himoyachi jamoasi tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar