
"Barselona" yangi mavsum uchun uy libosini taqdim qildi
- 18-июл 2024, 14:04
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Barselona" 2024/25 yilgi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi.
Libos Nike brendi tomonidan tayyorlangan. U klubning 125 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, dizayni klubning birinchi libosidan olingan. Emblema esa markazda joylashgan.
"125 yillik yubileyimizni nishonlash uchun “Barselona”ning 2024/25 yilgi futbolkasi klub merosi, tarixi va kelib chiqishidan ilhomlangan. Asosiy ranglar sifatida ko‘k anorrangdan foydalanib, jamoaning butun tarixi davomida o‘zligini aks ettiruvchi maxsus, o‘ziga xos va ramziy dizayn yaratilgan", - deyiladi klub xabarida.

Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q