"Barselona" yangi darvozabon bilan kelishuvga erishdi

  • 26 may, 14:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Cadena CER" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "Espanol" darvozaboni "Barselona" bilan allaqachon prinsipial kelishuvga erishgan. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchi uchun 25 yoki 30 million evro miqdorida tovon puli to‘lashi kerak. Agar darvozabon Ispaniya terma jamoasiga chaqirilsa, bu summa oshish ehtimoli bor. Ta’kidlanishicha, "ko‘k-anorranglilar" bunday bozor imkoniyatini qo‘ldan chiqara olmasligini anglab etgan. 
 
Maosh chegarasi joriy etilishini kutayotgan "Barselona" darvozabonni La Liga jamoalaridan biriga bir mavsumga ijaraga berishi mumkin. Garsiyani "Betis" va "Valensiya" o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi. Posbonning o‘zi o‘ynash istagi tufayli ijaraga ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. 
 
Shu bilan birga, jamoa darvozabonlari bilan bog‘liq vaziyat to‘liq oydin emas - 33 yoshli Mark-Andre ter Shtegenning qanday formada bo‘lishi va 35 yoshli Shensni shartnomani uzaytirishi noma’lum. 
 
"Cope" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, agar Lunin ketsa, "Real" "Espanol" darvozaboni Garsiya uchun kurashishi mumkin. Darvozabon "Barselona" va "Arsenal" uchun ham qiziqarli nomzod hisoblanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!