
"Barselona" Xavi o‘rniga Saudiyadan murabbiy olib kelishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etishi va klub allaqachon uning o‘rniga o‘rinbosar qidirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, Xavi o‘rniga asosiy nomzodlar "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Xansi Flik va "ko‘k-anoranglilar"ning ikkinchi jamoasini boshqarayotgan Rafael Markes variantlari ko‘rib chiqilayotgandi.
Kataloniya klubi uchun uchinchi variant - Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubini boshqarayotgan Marselo Galyardo. Argentinalik mutaxassis "Barselona" rahbarlariga yoqadi va uni bosh murabbiy lavozimiga olib kelish hech qanday qiyinchilik olib kelmaydi.
Fikrlar