
"Barselona" UEFAdan EChLdagi ilk o‘yinni safarda o‘tkazishga ruxsat so‘radi
"Barselona" "Kamp Nou" stadioniga qaytishni rejalashtirgandi, biroq klub hozircha zarur litsenziyani qo‘lga kirita olmadi. Shu sababdan, kataloniyaliklar UEFAga murojaat qilib, Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi birinchi o‘yinni safarda o‘tkazishga ruxsat so‘radi.
"Biz UEFAdan iltimos qildikki, ilk uchrashuvni mehmon sifatida o‘tkazishimizga ruxsat bersin. Qur’a tashlash marosimi 28 avgust kuni bo‘ladi. Ungacha kuzataylik-chi. UEFA buni ma’qullaydi, deb umid qilaman. Biz UEFA bilan munosabatlarimizni asta-sekin yaxshilayapmiz" – dedi klub prezidenti Joan Laporta "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, UEFA qoidalariga ko‘ra, bir jamoa Chempionlar ligasi doirasida bir necha turli stadionlardan foydalana olmaydi. Agar "Barsa" "Kamp Nou" bo‘yicha masalani hal eta olmasa, jamoa guruh bosqichidagi barcha to‘rtta uchrashuvni biror-bir boshqa stadionda qabul qilishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar