"Barselona" sport direktori jamoaning EChLdagi asosiy raqiblarini aytdi

  • 20 sentabr, 08:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sport direktori Deku jamoaning Chempionlar Ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.

O‘tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi yarim finalga qadar etib borgan, biroq Milanning "Inter" klubiga mag‘lub bo‘lgandi.

Tecno

- Ko‘plab klublar, masalan, "Liverpul" va "Real Madrid" jiddiy kuchaydi. Finalga chiqish uchun eng yuqori darajamizni ko‘rsatishimiz zarur. So‘nggi bir necha yil ichida PSJda to‘g‘ri transferlar va Luis Enrikening ajoyib ishlari tufayli kuchli jamoa shakllandi. Menimcha, ular yana Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Bizni PSJ bilan juda qiziqarli o‘yin kutmoqda, ammo bu faqat guruh bosqichi - avvalo uni muvaffaqiyatli o‘tishimiz kerak. Turnirda g‘alaba qozonish haqida gapirishga hali erta, - deya Dekuning so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona"ning PSJga qarshi uchrashuvi 1 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!