
"Barselona" sobiq futbolchisi futbolga katta o‘zgartirish kiritmoqchi
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike jamoalarni hujumkor o‘yin ko‘rsatishga rag‘batlantiradigan yangi qoidalarni futbolda joriy qilishni taklif qilmoqda. Uning fikricha, 0:0 hisobidagi durang uchun jamoalarga ochko berilmasligi kerak.
"100, 200 yoki 300 evro sarflab stadionga kelgan odam 0:0 hisobini ko‘rmasligi kerak. Nimadir o‘zgartirish zarur. Masalan, agar o‘yin 0:0 hisobida tugasa, jamoalar hech qanday ochko olmasin. Tasavvur qiling, 70-daqiqadan keyin qanday o‘yin boshlanadi", – dedi Pike Iker Kasilyas bilan podkastdagi suhbatida.
Taxminan bir yil oldin Pike futbolda durang natijalarini butunlay yo‘q qilishni va basketbol misolida hal qiluvchi natijalar joriy etishni taklif qilgan edi.
Fikrlar