"Barselona" Serxi Robertoni qanchaga sotmoqchiligini ma’lum qildi

  • 10 mart, 2021, 18:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto yozgi transferlar davrida jamoasini almashtirishi mumkin.

Tecno

29 yoshli ispaniyalik futbolchining “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va hozircha uning uzaytirilishi haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Robertoning jamoada qolish yoki qolmasligi bosh murabbiy Ronald Kumanning qarori hal qiladi.0

"Barselona" rahbariyati esa Serxini 60 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Serxi Roberto "ko‘k-anor ranglilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Barsa” safida 6 marta La Liga, 2 marta Chempionlar ligasi va 5 marta Ispaniya kubogida g‘alaba qozongan. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!