
"Barselona" rahbariyati Pike o‘rniga "Real"ning sobiq himoyachisini olib kelmoqchi
"Barselona" rahbariyati jarohat olib 8 oyga safdan chiqqan himoyachi Jerar Pikening o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
TyC Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi e’tibori argentinalik himoyachi Esekel Garayga tushgan. Aytish kerakki, 34 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi “Valensiya” bo‘lgan edi. U “ko‘rshapalaklar” safini yozda tark etdi va 3 oydan buyon erkin agent hisoblanadi.
Bundan avvalroq Garayga "Inter" va "Roma"dan ham qiziqishlar boriligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Esekel Garay 2009-2011 yillarda “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” safida to‘p surgan.
Fikrlar