"Barselona" o‘z safini "Chelsi" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 29 iyun, 2021, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ispaniya nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga “Barselona”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Garchi Alonso o‘tgan mavsumda “aristokratlar” safida ko‘p o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsada, jamoa ustozi Tomas Tuxel uni tarkibda saqlab qolish istagini bildirmoqda.

Markos Alonsoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2023 yil yozida o‘z nihoyasiga etadi, shu sababli London klubi futbolchini sotmasligi mumkin.

"Barselona" esa chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishi kerak. Chunki klub Jordi Albaning o‘rindoshi hisoblangan Junior Firpo jamoani tark etishi mumkin. OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchi 15 million evro evaziga "Lids"ga o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!