
“Barselona” ning muvaffaqiyatsiz mavsumlariga Haverts sababchi
"Barselona" uchun so‘ngi yillar omadsiz o‘tdi. 2021 yilda yilda Joan Laporta jamoada ish boshladi. O‘sha vaqtda u Kumanga ishonmagan va Ronaldning o‘rniga boshqa murabbiy izlashni boshlagan. Variantlar orasida Xosep Gvardiola ham bor edi. Ular ispaniyalik murabbiyga aloqaga chiqishgan. Hosep esa bu taklifga rad javobini bermagan va u bir qarorga kelishi uchun so‘ragan.
"Manchester Siti" o‘sha mavsumda Chempionalar Ligasining finaligacha etib borgan. Bu kubok Gvardiolaning "shaharliklar" bilan erishmagan yagona nufuzli sovrini edi. Ammo finalda "Chelsi" g‘alaba qozonib, yagona golni Kay Xaverts urgandi. Bu hodisa Pepning Angliya klubida qolishiga sabab bo‘lgan va "Barselona"ga rad javobini bergan.
"Ko‘k anor-ranglilar" esa mavsumni boshini ham Kuman bilan boshladi, lekin oxir-oqibat u bo‘shatildi va Xavi jamoani yangi bosh murabbiyiga aylandi. Garchi klub oldingi holatiga ko‘ra yaxshilangan bo‘lsa-da, ketma-ket ikki mavsumdan beri chempioanlar ligasi gurux bosqichidan chiqa olmayapti.
Gvardiola yaqindagina “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.
Fikrlar