
“Barselona” “Nike” bilan shartnomani deb Niko va Leauni sotib ololmadi
"Barselona" yozda yirik transferni amalga oshira olmaydi. “Marca” nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi endi "Atletik"dan Niko Uilyams yoki "Milan"dan Rafael Leau bilan shartnoma imzolashga umid qilmayapti.
"Barselona" “Nike” bilan uzoq muddatli yangi shartnoma ishlari deyarli yakuniga etdi, ammo bu haqda sentyabr oyi boshida e’lon qilinadi.
Shu sabab, kataloniyaliklar transferlarni amalga oshira olmaydi. Agar shartnoma avvalroq e’lon qilinganida, La Liganing moliyaviy qoidalariga mos kelishiga imkon bergan bo‘lardi.
Kelishuv e’lon qilinganidan so‘ng “Barsa” 100 milliondan ko‘proq pulga ega bo‘ladi. Shu tariqa, klubning yirik transferlar borasidagi transfer ishlari qishga qoldirildi.
Fikrlar