"Barselona" muxlislari uchun xushxabar

  • 28 yanvar, 2023, 06:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachi Markos Alonso bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Imzolangan yangi mehnat shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, ispaniyalik himoyachining tovon puli 50 million etib belgilandi.

Tecno

Alonso o‘tgan yilning dekabr oyida 32 yoshga to‘ldi. U "Barselona"da 2022 yiling sentyabridan buyon to‘p tepmoqda. Himoyachi Kataloniya klubi safida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ayni damda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Xavi shogirdlari navbatdagi o‘yinni 28 yanvar kuni "Jirona"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!