“Barselona” meni haydab nimaga erishdi?

  • 23 may, 2021, 20:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Atletiko” hujumchisi Luis Suares muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini ko‘zda yosh bilan gapirib berdi.

Tecno

- “Barselona” qadrimga etmadi... Ular meni etarlicha baholamay, haydadi. “Atletiko” esa bag‘rini ochdi. Menga imkon berdi. Men doimo bu klub menga ishonch bildirgani uchun minnatdor bo‘lib yashayman, - dedi Luis Suares.

“Barselona”ga kuzda Ronald Kuman kelganidan keyin klub rahbariyati uning talabiga ko‘ra Luis Suaresdan voz kechgan edi.

Urugvaylik hujumchi 2014 yildan beri “Barselona” safida to‘rt marta Ispaniya chempioni bo‘lgandi. “Atletiko” bilan chempionlik sonini beshtaga etkazdi.

Suares madridliklarning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. U jami La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qildi va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umarjon G'oyifov
24/05/2021 11:47
Мен Реал мухлисиман,лекин Суаресни хурмат қиламан. Агар Реалга ўтганда албатта Реал хам чемпион бўлар эди. Афсус Суаресни қадрига етилмади.
Umarjon G'oyifov
24/05/2021 11:47
Мен Реал мухлисиман,лекин Суаресни хурмат қиламан. Агар Реалга етганда албатта Реал хам чемпион бўлар эди. Афсус Суаресни қадрига етилмади.